Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» Tripper bilan shartnoma imzolash uchun Dalotni sotishi kerak

03.08.2021, 05:01

«Manchester Yunayted» «Atletiko» himoyachisi Kiran Tripperga qiziqish bildirmoqda.

Ammo, Manchester klubi oldin bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsher ishonch bildirmayotgan himoyachi Diogu Dalotni sotishni xohlamoqda.

Portugaliyalik futbolchi uchun bosh da’vogar «Milan»dir, ammo klublar transfer narxi borasida kelisha olishmayapti. «MYu» o‘yinchini keyinchalik 5 mln yevroga xarid qilish huquqi bilan 4 mln yevroga ijaraga berishga tayyor, ammo bu italyan klubini qoniqtirmayapti. Tomonlar muzokaralarni davom ettirishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Dalot «MYu»ga 2018 yilda «Portu»dan 22 mln yevro evaziga o‘tgandi. U o‘tgan mavsumni «Milan» safida o‘tkazdi. Futbolchi italyan klubi tarkibida barcha musobaqalarda 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.

Manba: www.championat.asia

Oxirgi fikrlar

  [off]
04.08

Zafarbek fikrizga qoshilaman universal kerak bizga

  [off]
03.08

Universal ximoyachi kerak manchester united ga chunki bu mavsum o‘yinlar ko‘p jarohatlar ham bo‘lishi mumkin

  [off]
03.08

Apelni tushundi zarai yo foyadasi bor 2 yil narmaniy oynoladi

  Market_Utd [off]
03.08

Сотсин майли, барибир уйин амалиети йугку даллотда,Триппер кучайтиради агар Мюга келса.
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты