«Yunayted» Lindelyofga yangi shartnoma taklif qiladi
15.08.2019, 18:26
Sky Sports xabariga ko‘ra, «Manchester Yunayted» himoyachisi Viktor Lindelyofga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.
Mankunianliklar futbolchi bilan 2025-yilning yozigacha yangi shartnomasi tuzishga tayyor.
Shvetsiyalik markaziy himoyachi 6 yil ichida 47 mln funt sterling ishlab topishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Lindelyof 2017-yilning yozida «Benfika»dan «MYu» safiga kelib qo‘shilgan edi.
Manba: www.stadion.uz