«MYu» bosh murabbiylikka Unai Emerini taklif etmoqchi
24.11.2021, 21:52
«Manchester Yunayted» klubi Ole-Gunnar Sulsher iste’foga chiqarilgandan so‘ng yangi murabbiy izlashda davom etmoqda.
Bild nashri jurnalisti Kristian Falkning xabariga ko‘ra, bu lavozimga nomzodlardan biri amaldagi Yevropa Ligasi g‘olibi, «Vilyarreal» bosh murabbiyi Unai Emeri hisoblanadi. Hozirda mankunianlar «Arsenal» sobiq ustozi bilan bog‘lanishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Shuningdek, klub murabbiyligiga da’vogarlar orasida «Sevilya» ustozi Xulen Lopetegi, PSJ murabbiyi Maurisio Pochettino va «Lester» bosh murabbiyi Brendan Rojers ham bor.
Avvalroq, Italiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchinining «MYu» taklifini rad etgani borasida xabar berilgan edi.
Manba: www.tribuna.uz
[Изображение удалено]