Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Rangnik: «MYu» romb sxemasiga o‘tgach, o‘yinni yaxshiroq nazorat qila boshladi»

11.01.2022, 12:07

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ralf Rangnik Angliya Kubogi 3-raundidan o‘rin olgan «Aston Villa» (1:0) bilan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.

«O‘ylashimcha, «Vulvz»dan uchralgan mag‘lubiyatga to‘g‘ri munosabat ko‘rsatdik. Buni hamma kutgandi. «Villa»ga qarshi o‘yin juda qiyin bo‘lishini bilardik. Birinchi bo‘limda yaxshi o‘ynadik. Tanaffusga 3:2 yoki 4:3 hisobi bilan chiqib ketishimiz mumkin edi.

Ikkinchi bo‘limda qarshi hujumlarda harakat qildik. Bir qator epizodlarda yaxshiroq o‘ynashimiz mumkin edi. Ba’zida noto‘g‘ri qarorlar qabul qildik. Ammo yarim himoyada romb sxemasiga o‘tgach, o‘yinni ko‘proq nazorat qila boshladik.

So‘nggi 20 daqiqada bahsni nazorat qildik. Kerak bo‘lganda butun jamoa bo‘lib kurash olib bordik. Natijada g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘l oldik», – deydi Rangnik.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
11.01

Vulvzni 3-1xisobida yutardik vaziyatlarni luka sovurmaganda
S

  SHavkatjon [off]
11.01

Чиройли уйин килишни урганиш керак Ралф
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты