Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» rahbarlari Ronalduning ketishini istamoqda

11.04.2022, 11:25

Hujumchi Krishtianu Ronalduning «Manchester Yunayted»dagi kelajagi so‘roq ostida turibdi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, klubning ayrim rahbarlari Krishtianu yozda jamoadan ketishini istamoqda. Yakuniy qaror esa Joel Gleyzer hamda direktorlar kengashiga bog‘liq bo‘lib turibdi.

Yozda katta ehtimol bilan jamoani Erik ten Hag qabul qilib olishi kutilmoqda. Shu sababli klub bir qancha yoshi o‘tgan futbolchilarni jamoadan ketkazib yubormoqchi.

Ushbu mavsumda 37 yoshli futbolchi «MYu» tarkibida 34 o‘yinda qatnashib, 18 gol urdi.

Manba: www.championat.asia

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты