Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ronaldu telefonini sindirgan bolaning onasi: «Uning uzri meni yanada g‘azablantirdi. Nega «Everton» muxlisi «MYu»ning o‘yiniga borishi kerak?»

11.04.2022, 11:37

Krishtianu Ronalduning qilmishidan jabrlangan bolaning onasi futbolchini tanqid qildi.

«Manchester Yunayted» forvardi APLning 32-turida «Everton»dan (0:1) uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng autizm va dispraksiya bilan kasallangan 14 yoshli ishqibozning telefonini sindirgan. Keyinroq portugaliyalik qilmishi uchun Instagram’da uzr so‘ragandi.

«Uning kechirimi so‘rash usuli meni yanada g‘azablantirdi. Yaxshi, sen ijtimoiy tarmoqlarda biror narsa joylashtirding, lekin shaxsan o‘g‘limdan ham uzr so‘rashing kerak.

Ronalduda o‘ylab ko‘rish uchun bir necha soat bor edi. U bizning ma’lumotlarimizni olishi, hamma narsani alohida hal qilishi, so‘ng biz bilan gaplashgani haqida xabar berishi kerak edi. Shunda men qanoatlanardim.

O‘sha paytda Ronaldu yaqin atrofda bolalar borligini bildi. O‘yin oldidan ular bilan qo‘l berib ko‘rishdi, qaytishda esa mag‘lubiyat tufayli hammasi boshqacha bo‘ldi. Xo‘sh, bu o‘yin, shunday emasmi? Siz har doim ham g‘alaba qozona olmaysiz.

Agar kimdir ko‘chada shunday ish qilgan bo‘lsa, uni hibsga olib, so‘roq qilishadi. Axir Ronalduning o‘zi ota, agar u bolasini o‘yinga olib kelgan oddiy odam bo‘lsa, bunday voqeadan keyin hayratga tushib, xafa bo‘lardi.

U bayonot e’lon qildi, ammo «Manchester Yunayted» bu haqda hech narsa e’lon qilmagani meni hayratda qoldirdi.

Ronaldu jamoasining o‘yiniga taklif qilish haqida yozgan. Menimcha, bu juda g‘alati. Nega biz «Everton» muxlislari «MYu» o‘yiniga borishimiz kerak? U hatto «bu muxlis» deb yozgan. U qaysi jamoa muxlis ekanligini aytmadi. Menimcha, bu juda sust kechirimdir», – deydi Sara Kelli.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты