Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Kassano: «Ronaldu har kuni ertalab «Benzema, men bilan o‘ynaganing uchun rahmat» deb duo qilishi kerak»

12.04.2022, 10:50

Italiya milliy jamoasining sobiq hujumchisi Antonio Kassano «Manchester Yunayted»ning portugaliyalik forvardi Krishtianu Ronaldu haqida gapirdi.

«Futbol faqat unvon va titullardan iborat emas. Zidan ko‘p gol urmagan, ammo u – tarixdagi eng buyuklaridan biri. Rikelme ham. Gollar va sovrinlar kerak, ammo ular hal qiluvchi rol o‘ynamaydi.

Krishtianu ertalab «Benzema, men bilan o‘ynaganing uchun rahmat» deb duo qilishi kerak.

Benzema o‘tgan mavsumda va bu mavsumda gol+pas tizimida 50+ ochko to‘plagan. O‘sha mavsumlarda 30 tadan ortiq gol urgan. Ronaldu har doim gol uradi, lekin u – boshqa turdagi o‘yinchi.

Karim – markaziy hujumchi. U ham «to‘qqizlik», ham «o‘nlik» ishini bajaradi. 9,5», – deydi Kassano.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты