Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» keyingi haftadayoq ten Hagni bosh murabbiy sifatida e’lon qilishi mumkin

13.04.2022, 13:05

«Manchester Yunayted» mavsum yakuniga qadar Erik ten Hagni bosh murabbiy sifatida e’lon qilishni rejalashtirgan.

The Telegraph xabariga ko‘ra, klub niderlandiyalik murabbiy bilan deyarli kelishuvga erishib bo‘lgan va yakshanba kungi Niderlandiya kubogi finali doirasidagi «Ayaks» – PSV uchrashuvidan so‘ng, kelasi hafta boshida 52 yoshli mutaxassisni yangi mavsumdan boshlab «MYu» bosh murabbiyiga aylanishini e’lon qilishi rejalashtirilgan.

Qayd etilishicha, «Manchester Yunayted» oltin dubl uchun kurash olib borayotgan «Ayaks»ga hurmat bilan munosabatda bo‘lib, Amsterdam klubining muhim o‘yinlaridan so‘ng bu borada rasmiy xabar bermoqchi.

Manbaning yozishicha, «MYu» rahbariyati yangi murabbiyning transfer ishlarini olib borishi va kimlar bilan shartnomani uzaytirish borasida qarorga kelishini kutmoqda.

Ma’lumot uchun, «MYu» APL 31-turidan keyin 51 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. Jamoa bosh murabbiyi Ralf Rangnik mavsum yakunida bosh murabbiylikni tark etib, jamoada maslahatchi murabbiy sifatida qolishi kutilmoqda.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  Market_Utd [off]
13.04

Майли рагник колгани яхши манимча рагникдаям нимадир бор балки иккаласи Бир булиб Мюни кайтарар.
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты