Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ferdinand oxirgi 10 yilda «MYu»ga o‘tib, o‘sishga erishgan yagona futbolchini aytdi

13.04.2022, 21:19

«Manchester Yunayted» sobiq himoyachisi Rio Ferdinand so‘nggi yillarda klub amalga oshirgan transferlardan faqatgina Brunu Fernandeshda o‘sish bo‘lganini aytib o‘tdi.

«So‘nggi 8-10 yilda «MYu» transfer qilgan futbolchilar ro‘yxatiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, kim narx va o‘yin jihatdan o‘sishga erishdi? Faqatgina Brunu Fernandeshda o‘sish bo‘ldi. Boshqa hech bir o‘yinchi haqida «U o‘yin jihatdan o‘sdi, endi biz unga ko‘proq haq to‘lashimiz kerak», deya olmaymiz», – deydi Ferdinand.

Eslatib o‘tamiz, Fernandesh 2020 yilda «Sporting»dan 55 million yevro evaziga «MYu» safiga qo‘shilgan edi. Transfermarkt portugaliyalik 27 yoshli o‘yinchini 90 million yevroga baholamoqda.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  Market_Utd [off]
13.04

Ха тугри,буни хамма Мю фанатлариям билиб турибди Бруно Мюда анча усди ва тулик трансферини оклади.
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты