Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Manba: Erik ten Hagning «MYu»dagi dastlabki transfer nishoni ma’lum

15.04.2022, 16:39

«Ayaks» bosh murabbiyi Erik ten Hagning kelgusi mavsumdan e’tiboran «Manchester Yunayted»ni boshqarishi haqidagi xabarlar ko‘payib bormoqda.

ESPN nashrining ma’lumot berishicha, niderlandiyalik murabbiy «qizil iblislar» boshqaruvini qo‘lga olgach, eng avval «Monako» yarim himoyachisi Orelen Tchuamenini transfer qilmoqchi.

O‘z navbatida, fransuz klubi ham 22 yoshli futbolchini osonlik bilan qo‘yib yubormoqchi emas, jamoa uning transferida 60-70 million yevro ishlab olishni maqsad qilgan.

Ma’lumot uchun, Tchuameni joriy mavsum barcha musobaqalarda 44 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta gol va 2 ta assist muallifiga aylandi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
16.04

Raysni yoki Filipsni olish kerak

  [off]
15.04

Бу жуманжи Ким узи?
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты