Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Matich mavsum so‘ngida «MYu»ni tark etishini e’lon qildi

16.04.2022, 09:18

Yarim himoyachi Nemanya Matich mavsum yakunida «Manchester Yunayted»ni tark etadi.

Bu haqda 33 yoshli futbolchi Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

«Ko‘p o‘ylab, bu mavsum «Manchester Yunayted»dagi oxirgisi bo‘lishiga qaror qildim.

Klub rahbariyati, bosh murabbiy va jamoa futbolchilarini qarorim haqida xabardor qildim.

Bu ajoyib klubda o‘ynash katta sharaf bo‘ldi. Doimiy qo‘llab-quvvatlash uchun muxlislarga rahmat.

Jamoaga mavumni eng yaxshi tarzda yakunlashi uchun bor kuchimni beraman», – deb yozadi serbiyalik yarim himoyachi.

Matich «MYu»ga 2017 yili «Chelsi»dan o‘tgandi. U mankunianliklar safida Angliya Kubogi (2017/18) va Yevropa Ligasi (2020/21) finallarida o‘ynadi.

Uning amaldagi shartnomasi 2023 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты