Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ten Hag «MYu»da «Tottenhem» hujumchisini ko‘rishni istaydi

16.04.2022, 15:43

«Tottenhem» futbolchisi Stiven Bergveyn faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin.

«Qizil iblislar» bosh murabbiyligini qo‘lga olishi kutilayotgan Erik ten Hag 24 yoshli futbolchini yangi jamoasida ko‘rishni istaydi.

Daily Mail nashrining xabariga ko‘ra, Ten Hag qishki transferlar oynasi vaqtida Stivenni «Ayaks»ga ham olib kelmoqchi bo‘lgan, ammo London klubi amsterdamliklar taklifini rad etgan.

Manbaga ko‘ra, «shporlar» o‘z futbolchisini 20 mln funt evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.

Ma’lumot uchun, niderlandiyalik futbolchi joriy mavsum APLda 20 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta gol va bitta assist muallifiga aylandi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
16.04

Agar rostdan ham zo'r bo'lganda Tottehemda asosiy tarkibda bo'lardi. Zaxirada emas.

  [off]
16.04

marsial lingard kavani ranaldo rashfortlada ko'ra ancha mehnatkash

  [off]
16.04

Хур уйинчи шу ,мехнаткаш ва тез
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты