Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Rangnik Ronalduning klubdagi kelajagi haqida: «Buni yangi murabbiy hal qiladi»

17.04.2022, 12:27

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha bajarayotgan Ralf Rangnik jamoa yetakchisi Krishtianu Ronalduning klubdagi kelajagi haqida gapirdi.

«Buni men hal qilmayman. Krishtianuda yana bir yillik shartnoma bor. Ushbu masalani yangi murabbiy klub direktorlar kengashi bilan maslahatlashgan holda hal qilishi kerak.

U bugungi bellashuvda ham (3:2, «Norvich»), «Tottenhem»ga qarshi o‘yinda ham ko‘p narsalarni o‘zgartira olishini isbotlab qo‘ydi. Tarixdagi eng yaxshi to‘purarga aynan mana shunday o‘yinlar xos», – deydi Rangnik.

Ma’lumot uchun, portugaliyalik 37 yoshli futbolchi APLdagi gollari sonini 15 taga yetkazib, to‘purarlar ro‘yxatida 3-o‘ringa chiqib oldi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты