Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Krishtianu Ronaldu faoliyatidagi 60-het-trikni qayd etdi. Bu faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasida rekord

17.04.2022, 13:34

«Manchester Yunayted» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Premer Ligasi doirasida «Norvich»ga qarshi bahsda (3:2) het-trik qayd etdi.

Bu portugaliyalik futbolchi faoliyatidagi 60-het-trik bo‘ldi. Ularning 50 tasi klub miqyosida qayd etilgan bo‘lsa, yana o‘nta terma jamoasi safida kiritilgan.

Bu hozirda faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar orasidagi eng yaxshi natija hisoblandi. Ronaldudan keyin 55 ta het-trik bilan PSJ forvardi Lionel Messi bormoqda.

Krishtianu APLda uchinchi marta bir o‘yinda uchta gol urishga erishdi. Joriy mavsum futbolchi «Tottenhem» darvozasini uch bor nishonga olgan bo‘lsa, 2008 yilda «Nyukasl»ga qarshi bahsda ham het-trikka erishgandi.

Ronaldu joriy mavsum «Manchester Yunayted» safida barcha musobaqalar doirasidagi gollari sonini 21 taga yetkazib oldi. Futbolchi qatorasiga 16 mavsumdan beri 20+ gol urmoqda.

Manba: www.daryo.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
17.04

Kim nima desa desin ronaldo haqida lekin ronaldo baribir ronaldodeee
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты