Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Manchester Yunayted» kelgusi haftada yangi murabbiyini e’lon qiladi

17.04.2022, 13:40

«Manchester Yunayted» kelgusi haftada jamoani kelgusi mavsumdan boshqaradigan murabbiyni e’lon qiladi.

Daily Mail xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» «Ayaks» bosh murabbiyi Erik ten Hag bilan kelishuvga erishgan va tez kunda u bilan 4 yilga mo‘ljallangan bitimga imzo chekadi. Ma’lum bo‘lishicha, niderlandiyalik murabbiyning shtabidan Amsterdam klubidagi assistenti Mitchell van der Gag va «MYu»ni yaqindan biladigan yana bir mutaxassis bo‘lishi aytilmoqda. Ushbu pozitsiyaga Robin van Persi asosiy nomzod bo‘lib turibdi. Rene Melensten va Stiv Maklaren variantlari ham ko‘zda tutilgan.

«MYu» yetakchisi Krishtianu Ronalduning klubdagi kelajagi ham Ten Hagning qaroriga bog‘liq bo‘ladi. Murabbiy Ronaldu masalasida bir qarorga kelmagani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 37 yoshli portugaliyalik futbolchining manchesterliklar bilan shartnomasi 2023 yilga qadar mo‘ljallangan.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
18.04

Нунес ҳам керак будуший златан

  [off]
17.04

Villyarealdan Pau Torres ancha masalani hal qilardi

  [off]
17.04

Kundeni olmasa bomidi sheklli

  [off]
17.04

Nukunku Rays kelsa yana bitta markaziy himoyachi va hujumchi kere
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты