Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Berbatov: «Umid qilamanki, Pogba «MYu»da qoladi»

16.08.2019, 16:31

«Manchester Yunayted»ning sobiq hujumchisi Dimitar Berbatov yarim himoyachi Pol Pogba haqida gapirdi.

«Yakshanba kuni «Chelsi»ga qarshi bahsda Sulsher Pogbani nima uchun saqlab qolishni xohlaganini ko‘rdik. 3-golda Polning Reshfordga bergan uzatmasi ideal edi, buni men «toza futbol» deb atayman.

Men «MYu»da o‘ynagan paytimda Pol qilayotgan ishni Maykl Kerrik bajarardi. U doim mening qaysi nuqtada ekanligimni bilardi, Maykl ko‘p gollarimga assistentlik qilgan. Shunday futbolchilar kerakli vaziyatlarda muvozanatni saqlab turishadi.

Agar «Yunayted» Madriddan 200 mln funtlik taklif olsa, transfer amalga oshishi mumkin. Ammo umid qilamanki, Pogba «MYu»da qoladi», – deydi Berbatov.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
16.08

Albatta MYU da qoladi Pogba erkak bul dustim
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты