Sancho «Borussiya»dan ketadi. Unga «MYu» va «Man Siti» da’vogar
17.08.2019, 21:02
«Borussiya Dortmund» klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho keyingi yilning yozida jamoani tark etadi.
Nemislar futbolchining o‘rniga allaqachon boshqa futbolchi qidirishni boshlagan. Sababi, mavsum oxirida Sancho o‘rnini to‘ldirish qiyin bo‘lishi mumkin.
Yarim himoyachiga «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» jamoalari qiziqish bildirgan. Futbolchining transfer narxi 100 mln funtga baxolanmoqda.
Ma’lumot uchun, Sancho «Man Siti»dan «Borussiya»ga 7 mln funtga transfer qilingan edi. Ushbu transfer shartnomasida, nemislar futbolchini sotadigan bo‘lsa, «Man Siti»ni xabardor etishi shartligi yozilgan.
Manba: www.sports.uz