Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» o‘z himoyachisi klubdan ketishi uchun unga pul to‘lashga tayyor

19.08.2019, 13:11

«Manchester Yunayted» o‘z himoyachisi Markos Roxo klubdan ketishi uchun unga pul to‘lashga tayyor, deb xabar tarqatdi Mirror.

29 yoshli argentinalik futbolchi bosh murabbiy Ole-Gunnar Sulsherning rejalarida yo‘q. Jamoada bir vaqtning o‘zida 7 nafar markaziy himoyachi yig‘ilib qolgan.

Roxoning shartnoma muddati tugashiga hali ikki yil bor. Unga haftasiga 130 ming funt maosh to‘lanmoqda.

Yoz davomida Markosga xaridor topa olmagan klub rahbariyati u bilan kelishib, maoshining katta qismini to‘lab bermoqchi. Himoyachining o‘zi Ispaniya yoki Italiya chempionatiga o‘tishni ko‘zlayapti, bu mamlakatlarning ba’zi klublari uni ijaraga olish istagida.

Roxo o‘tgan mavsumda APLning 5ta turida qatnashdi xolos. YeChLda esa bitta o‘yinda ko‘rinish berdi.

«Yunayted» 16-raqam egasini 2014 yilda Lissabonning «Sporting» klubidan 20 million yevroga sotib olgandi. U bunga qadar Moskvaning «Spartak» va Argentinaning «Estudiantes» jamoalarida ham o‘ynagan.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  Nodir [off]
20.11

Ттттт

  [off]
19.08

Roho yaxshi o'ynaydi o'rniga Jons va Yangni sotish kerak Fredni bilmadim togrisi

  [off]
19.08

Роза жонс дармиан янг Фред шуларди тезда йукотиш керак

  Market_Utd [off]
19.08

Бугун кирол тахтига кайтарканда ванихоят.

  Market_Utd [off]
19.08

Мю даражасидаги уйинчимасиди рохо хичам киришиб кетолмади Мюга

  [off]
19.08

Бугун М Ю ойинини кайси каналдан олиб беради

  [off]
19.08

“Манчестер Юнайтед” футболчиси Алексис Санчес яқин вақт ичида “Интер” аъзосига айланади.Италия матбуотининг хабарига кўра, томонлар футболчининг трансфери борасида келишувга эришган. “Интер” футболчини 15 миллион еврога сотиб олиш шарти билан 1 йилга ижарага олади.Эслатиб ўтамиз, 30 ёшли Санчес “МЮ” сафида 2018 йилдан буён тўп суради. У 45та ўйинда майдонга тушиб, 5та гол урган ва 9та голга ассистентлик қилган.

  [off]
19.08

Секин секин тозалаб бориш кере

  [off]
19.08

Менимча хам кетиши керак мен хам шу фикирдаман

  [off]
19.08

Rojo yaxshi o'yinchi edi
Umumiy: 10

© 2023 Uzbek Reds
Контакты