Lukaku sobiq jamoadoshini «Inter»ga chorlamoqda
19.08.2019, 21:37
«Inter» hujumchisi Romelu Lukaku «Manchester Yunayted» klubidagi sobiq jamoadoshi Aleksis Sanchesni Italiyaga chorlamoqda.
Daily Mail xabariga ko‘ra, belgiyalik futbolchi chililik to‘purar bilan bir jamoada to‘p tepishni istayapti va u bilan har kuni bu haqda yozishmoqda.
Avvalroq, «Inter» Sanchesni 15 million yevroga to‘liq xarid qilish sharti bilan ijaraga olmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Manba: www.tribuna.uz