Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ten Hag: «Garnacho Ronaldu yoki Runi kabi bo‘lishi uchun APLda yiliga 20-25 ta gol urishi kerak»

28.11.2023, 11:56

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag APL 13-turida «Everton»ga (3:0) akrobatik tarzda gol urgan Alexandro Garnacho haqida gapirdi.

Argentinalik vingerning kiritgan to‘pi jamoa sobiq hujumchilari Ueyn Runi va Krishtianu Ronaldu urgan gollarga qiyoslandi.

«Runi va Ronaldu bilan qiyoslash? Yo‘q, bu noto‘g‘ri. Ularning har biri o‘z shaxsiyatiga ega, Garnacho bu darajaga erishish uchun uzoq yo‘lni bosib o‘tishi kerak. U juda qattiq ishlashi, doimo o‘zini isbotlashi kerak.

Lekin, albatta, u ulkan salohiyatga ega, biz buni birinchi marta ko‘rayotganimiz yo‘q. Ammo Runi yoki Ronaldu kabi bo‘lish uchun har yili APLda 20-25 ta gol urish kerak», – deydi ten Hag.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты