Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Erik ten Hag: «YeChLda qolishni istasak, bunday o‘yinlarda g‘alaba qozonish kerak»

30.11.2023, 22:10

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag «Galatasaroy»ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

– «Biz yutayotgandik, keyin esa tashabbusni boy berib qo‘ydik. Uch ochko olishimiz kerak edi.

O‘yinimizdan mamnunman. Lekin himoyamizni tanqid qilishim kerak. Chunki himoyamiz yetarli darajada yaxshi bo‘lmadi. Biz 3:1 hisobibda g‘alaba qozona turib, bunday xatolar qilmasligimiz kerak edi.

O‘tkazib yuborilgan golda kim aybdor?

– «Har doim men. Buning uchun men javobgarman. Loyiha endi qurilayotganini bilamiz. Buni yanada rivojlantirishimiz kerak.

To‘g‘ri yo‘lda harakatlanyapmiz. Chunki kelajakda muvaffaqiyatga erishishimizni bilaman. Ammo agar YeChlda qolishni istasak, bunday o‘yinlarda g‘alaba qozonish kerak», – dedi ten Hag.

Manba: www.championat.asia

+

Oxirgi fikrlar
S

  Sultonboy [off]
02.12

Lekin o'yin sifati ancha yaxshilangan
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты