Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

APLda noyabr oyining eng yaxshi futbolchisi sovrini uchun nomzodlar e’lon qilindi (foto)

30.11.2023, 22:25

Premer-ligada noyabr oyning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun nomzodlar e’lon qilindi.

Noyabr oyidagi sovrin uchun 6 nafar futbolchi da’vogarlik qilmoqda.

Nomzodlar orasida «Manchester Yunayted» himoyachisi Garri Maguayr, «Manchester Siti» vingeri Jeremi Doku, «Chelsi» hujumchisi Rahim Sterling, «Nyukasl» vingeri Antoni Gordon, «Bornmut» yarim himoyachisi Markus Tavernye va «Luton» darvozaboni Tomas Kaminski bor.

«Liverpul» hujumchisi Muhammad Saloh oktyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

Manba: www.stadion.uz

+

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты