Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

APLda noyabr oyining eng yaxshi murabbiyi sovrini uchun nomzodlar e’lon qilindi

30.11.2023, 22:31

Angliya Premer-ligasining rasmiy sayti oyning eng yaxshi murabbiyi sovrini uchun nomzodlar nomini e’lon qildi.

Sovrin uchun quyidagi mutaxassislar da’vogarlik qilmoqda: Erik ten Hag («Manchester Yunayted»), Eddi Xau («Nyukasl»), Andoni Iraola («Bornmut») va Robert Edvards («Luton»).

Ovoz berish 6 dekabrga qadar davom etadi. Muxlislar ovozi bir guruh futbol mutaxassislarining fikrlari bilan birlashtiriladi. G‘olib kelasi hafta e’lon qilinadi. 2023 yil oktyabr oyida «Liverpul» vingeri Muhammad Saloh Premer-ligada oyning eng yaxshi futbolchisi, «Tottenxem» ustozi Anj Postekoglu esa eng yaxshi murabbiy deb topilgandi.

Manba: www.stadion.uz

+

Oxirgi fikrlar
z

  zamir [off]
01.12

Aron Remsdelni olish kerak o'shandagina lyubbooy jamoa bn o'ynasa bo'ladi
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты