Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ten Hag: «Doim nimadandir shikoyat qilish mumkin. Ammo biz to‘g‘ri yo‘lda ketyapmiz»

07.12.2023, 16:33

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag APL 15-turidan o‘rin olgan «Chelsi»ga (2:1) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Doim nimadandir shikoyat qilish mumkin, ammo biz natija va o‘yindan mamnunmiz. Bunga loyiqmiz. Muxlislarga chaqiriq yo‘lladik, bu – bizning uslubimiz. Dastlabki 30 daqiqada maydonda ajoyib ishladik.

To‘p o‘tkazib yuborilgan vaziyatda o‘chib qoldik. Hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bor, lekin biz to‘g‘ri yo‘nalishda ketyapmiz. Jamoa ham, loyiha ham yaxshi bo‘ladi.

Kiyinish xonasidagi atmosfera? Mish-mishlarga e’tibor bermayman. Ular bunga o‘rganib qolishgan. «Ayaks»da ham shunday bo‘lgan, lekin mamlakat kichikroq, odamlar kamroq edi», – deydi ten Hag.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты