Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» Girassi transferi bo‘yicha muzokara boshladi

09.12.2023, 17:45

«Manchester Yunayted» klubi qishki transfer oynasida hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan.

Sky Sports Germany xabariga ko‘ra, Manchester klubi «Shtutgart» rahbariyati bilan Seru Girassi transferi bo‘yicha muzokaraga kirishgan. Gvineya milliy jamoasining 27 yoshli forvardi ham yanvar oyida Angliyaga ko‘chib o‘tishni xohlamoqda.

Girassi joriy mavsum Bundesligada 11 o‘yinda 16 ta gol kiritib, Harri Keyndan keyingi turnirning eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.

Gvineyalik forvard 2022 yilning sentabr oyida «Renn»dan «Shtutgart»ga yarim yillik ijaraga berilgan, yozda esa Fransiya klubidan sotib olingandi.

Ma’lumot uchun, «Shtutgart» Bundesligada 30 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. «MYu» esa APLda 6-o‘rinni egallab turibdi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты