Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ten Hag: «Sancho «MYu» tarkibiga qaytish uchun nima qilish kerakligini biladi»

09.12.2023, 17:51

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag Jeydon Sancho qachon tarkibga qaytishi mumkinligini aytdi.

Angliyalik yarim himoyachi bosh murabbiy bilan kelishmovchilikdan keyin sentabr oyida «Manchester Yunayted» tarkibidan chetlatilgandi.

«Jeydon tarkibga qaytish uchun nima qilish kerakligini biladi. Hammasi faqat uning o‘ziga bog‘liq. Gap klubdagi an’analar haqida ketmoqda, har bir futbolchi ma’lum stantdartlarga rioya etishi shart», – deydi ten Hag.

Avvalroq, Sancho tarkibga qaytish uchun murabbiydan uzr so‘rashi kerakligi aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Ten Hag Jeydon jismoniy jihatdan tayyor emasligi haqida gapirgach, futbolchi ijtimoiy tarmoqlar orqali murabbiyning so‘zlari to‘g‘ri emasligini aytib, uni yolg‘on gapirishda ayblagandi. Shundan keyin tarkibdan vaqtinchalik chetlatilgan edi.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar
z

  zamir [off]
09.12

Sancho buttun vujuding bn o'ylasan ulasanmi vaziyatni chichvordilarinku
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты