Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Kazemiro «MYu» mashg‘ulotlariga qaytdi. U «Bavariya» va «Liverpul»ga qarshi maydonga tushishi mumkin

11.12.2023, 20:56

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Kazemiro jarohatidan tiklanib, jamoa mashg‘ulotlariga qaytdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bergan.

31 yoshli braziliyalik futbolchi oktabr oyidan buyon «MYu» safida maydonga tushmayotgandi. U Braziliya milliy jamoasi safida jarohat olib, tiklanish jarayonini o‘tkazayotgandi.

Kazemiro yakshanba kunidan jamoa mashg‘ulotlariga qaytgan. Qayd etilishicha, u seshanba kuni YeChL 6-turi doirasidagi «Bavariya» va yakshanba kungi APL doirasidagi «Liverpul»ga qarshi o‘yin qaydnomasidan joy oladi.

Eslatib o‘tamiz, 17 dekabr kuni «Enfild»da o‘tadigan uchrashuvni manchesterliklar sardori Brunu Fernandesh diskvalifikatsiya sababli o‘tkazib yuboradi.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты