Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» Marsyal bo‘yicha bir to‘xtamga keldi

11.12.2023, 21:03

Antoni Marsyal joriy mavsum yakunida «Manchester Yunayted»ni tark etadi.

Ingliz klubi fransiyalik 28 yoshli forvard bilan kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qilgan. «MYu» va Marsyal o‘rtasidagi kelishuv 2024 yilning yozida yakuniga yetadi. Klub shartnomani bir yilga uzaytirish bandini ham faollashtirmoqchi emas.

The Athletic xabariga ko‘ra, «Yunayted» qishki transfer oynasida Antoni transferi bo‘yicha boshqa klubdan taklif olsa, hujumchini sotishga tayyor.

Ma’lumot uchun, Marsyal 2015 yilda «Monako»dan «MYu»ga o‘tgandi. U manchesterliklar safida jami 317 o‘yinda 90 ta golga mualliflik qilgan.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar
z

  zamir [off]
12.12

Hozziroq bervorish kk 10 15 mln kim surab qolsa sotvorish kk
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты