Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ten Hag «Bavariya» bilan o‘yin oldidan: «MYu» istalgan raqibni mag‘lub eta oladi»

11.12.2023, 21:14

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag Chempionlar Ligasi 6-turi doirasidagi «Bavariya»ga qarshi o‘yin oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Niderlandiyalik murabbiy jamoasining yevrokuboklardagi ishtirokini davom ettirishiga umid bildirdi.

«Hech qachon voqealarning salbiy ehtimoli haqida o‘ylamayman. «Bavariya» bilan o‘yin oldidan ham ijobiy natija haqida o‘ylayapmiz. Yevrokuboklarda qolish uchun g‘alaba qozonishimiz talab etiladi. So‘nggi haftalarda yaxshi sport formasida bo‘lsak, buni uddalay olishimizni ko‘rsatdik.

Yaxshi o‘yinlarni o‘tkazdik va yaxshi natijalar ham qayd etdik. Biz istalgan raqibni mag‘lub eta olamiz. Masalan, «Chelsi», «Everton» bilan o‘yinlarimiz, hattoki «Galatasaroy»ga qarshi o‘yinni eslash mumkin. Jamoamiz eng yuqori darajada ham o‘ynay oladi. «Bavariya»ga qarshi o‘ynayotganingda eng yaxshi darajangni ko‘rsatishing kerak. «Chelsi»ga qarshi o‘yinda ham raqib tarkibi kuchli edi, bu safar ham shunday», – deydi ten Hag.

Ma’lumot uchun, «MYu» – «Bavariya» o‘yini 12 dekabr, seshanba oqshomida bo‘lib o‘tadi. A guruhidan Myunxen klubi allaqachon 1-o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘llanma olgan bo‘lsa, «Kopengagen» (5 ochko) va «Galatasaroy» (5 ochko) 2-3-o‘rinlarni egallab turibdi, «MYu» 4 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar
z

  zamir [off]
13.12

Admin kelingi uyin deb yoziladigan joyini har turda to'g'irlashni ilojisi bormi borunmut urib ketti bavaria urib ketti tablitsada haligacha kutilayotgan uyin chelsi turibti
S

  Sherzod [off]
13.12

Qachon odam bulip yaxshi oynarkin bu kutlar
S

  Sherzod [off]
13.12

M u uyinchilari bir tiyn ga qimmat bup qolyaptiyu
A

  Asqar [off]
13.12

Onana keresiz gollani o'tkizishi juda pand berdi ch.l gasida Galatasaray bilan 2 ta gol Ten hak Ayakssi qurmoqhi bo'ldi m.yu da lekin bir tiyn
A

  Asqar [off]
13.12

50% g'alaba 50% mag'lubiyat Liverpool bu yil nechta gol urarkin bu turdan keyin m.yu 9 chi o'rinlaga tushibam ketsa kerak Zidan kelishi kerak m.yu ga
J

  Javlon [off]
13.12

Биз тогри йолдамиз деп эртага тентак интирфю беради яна
z

  zamir [off]
12.12

Kazi qaytubtimi demak Sanchoniyam opkel Onanani gospitelga yubor biron mavsum yotsin usha yerda
z

  zamir [off]
12.12

Kim tushsayam Onana emas boshqasi tushsin
S

  Sultonboy [off]
11.12

Ten haq tushingni suvga aytganing ma'qul
Umumiy: 9

© 2023 Uzbek Reds
Контакты