Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Ten Hag «Liverpul» bilan o‘yin oldidan: «0:7 o‘tmishda qoldi. Jangga shay, g‘alabaga ishongan jamoani maydonga tushiramiz»

17.12.2023, 13:42

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Hag APL 17-turidan o‘rin olgan «Liverpul»ga qarshi safar o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Mankunianliklar o‘tgan mavsumda «Enfild»da 0:7 hisobida yutqazishgandi.

«O‘tgan mavsumda men qo‘rqib ketganimizni ko‘rmadim. Bu – noxush tajriba, lekin bu safar avvalgidek bo‘lmaydi. Biz 0:0 hisobi bilan boshlaymiz.

O‘tgan mavsum birinchi bo‘limda juda yaxshi o‘ynadik, tanaffusdan so‘ng parchalanib ketganimizda yiqitishdi. Bunday bo‘lmasligi kerak, lekin o‘sha paytda jamoa boshqa edi, turli o‘yinchilar bor edi.

Biz buni e’tibordan chetda qoldirmaymiz, lekin boshidan oxirigacha yaxshi o‘ynay olishimizga ishonchimiz komil. Kurashishimiz va kurashishimiz kerak. Futbolchilarni g‘alabaga tayyorlaymiz.

O‘tgan o‘yin o‘tmishda qoldi. Biz o‘zgartirishimiz mumkin bo‘lgan narsa kelajakdir. «Liverpul» shubhasiz yaxshi o‘ynayapti, ammo oxirgi paytlarda bizda qiyinroq o‘yinlar bo‘ldi. Futbolchilarimiz bunday muhitga dosh bera olishlarini isbotlashdi va yakshanba kuni ularni yangi sinov kutmoqda.

Jangga shay, g‘alabaga ishongan jamoani maydonga tushiramiz», – deydi ten Hag.

«Liverpul» – «MYu» bahsi 17 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:30 da boshlanadi.

Manba: www.tribuna.uz

+

Oxirgi fikrlar
S

  Sultonboy [off]
17.12

Yangiliklar umuman yo'q
S

  Sultonboy [off]
17.12

Nega sayt juda sust ishlayapdi
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты