Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Pogba –APL tarixidagi eng omadsiz penaltichilardan

20.08.2019, 13:08

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi, APL 2-turidagi «Vulverhempton» bilan o‘yinda (1:1) o‘n bir metrlik nuqtadan gol ura olmagan Pol Pogba, statistikaga ko‘ra, Premer-liga tarixidagi eng omadsiz penalti ijrochilaridan biri sanaladi.

«Chempionat.com» ma’lumotiga ko‘ra, APL o‘yinlarida 10 va undan ko‘proq marotaba penalti tepgan futbolchilarning eng muvaffaqiyatsizlari orasida Pogba 6-o‘rinda turadi.

Pol Angliya chempionatida jami 11 marta o‘n bir metrlik nuqtadan zarba yo‘llab, ulardan 5tasida (36%) imkoniyatdan foydalana olmagan.

Bu borada birinchi o‘rin Xuan Pablo Anxelga tegishli, u 10ta penaltidan 5tasida adashgan (50%). Ikkinchi o‘rinda – Riyod Mahrez, u amalga oshirgan 12ta penaltidan faqat 7tasi golga aylangan (42%).

Eslatib o‘tamiz, Vulverhemptondagi kechagi o‘yindan keyin «Yunayted»ning sobiq sardori Gari Nevill penaltini Markus Reshford emas, Pogba ijro etganiga
e’tiroz bildirgan edi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
20.08

6zi oyoq kiyimining ipiga z6rga ilinib turibdi.bu pogba.yana penalteni tepdi.bilmaysan rewga ber.martialga ber.sanga balo bormi yarim kechada odamni asabini buzib.xullas uni birinchi 6yindagiday orqaroqa q6yiw kk.6zi wundogam jarima maydonchasida hujumchilarimiz yetarli

  [off]
20.08

Йук кетди менимча

  [off]
20.08

Кани Ану Погба мухлси

  [off]
20.08

Sky Sports. "MYU" futbolchisi Aleksis Sanches bugun Milan shahriga "Inter"ning tibbiy ko'rigidan o'tish uchun keladi. Milanliklar uni keyinchalik sotib olish sharti bilan ijaraga oladi va bir yil chililik futbolchining yarim maoshini "MYU" to'laydi.

  [off]
20.08

ulib ket nokas uzini kursatmoqchi mahalla kamandagayam olmasdim
Umumiy: 5

© 2023 Uzbek Reds
Контакты