Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Maguayr internetdagi haqoratlardan shikoyat qildi

20.08.2019, 22:24

«Manchester Yunayted» himoyachisi Garri Maguayr APL 2-turidan o‘rin olgan «Vulverxempton»ga (1:1) qarshi o‘yinda penaltini aniq amalga oshirolmagan jamoadoshi Pol Pogbani haqorat qilgan ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini tanqid qildi.

«Bu juda jirkanch. Bunga qarshi nimadir qilish kerak. Ijtimoiy tarmoqlardagi har bir foydalanuvchining shaxsi pasport yoki haydovchilik guvohnomasi bilan tasdiqlanishi shart. Haqorat qilish maqsadida ochilgan akkauntlarni to‘xtatish kerak», – deb yozdi Maguayr «Twitter» sahifasida.

Qayd qilish joizki, «Manchester Yunayted» matbuot xizmati ham Pol Pogbani haqorat qilgan fanatlarni qoralagan edi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
21.08

Зайбал шу акиллилар узларига куйиб берса дарвоза туриб стадиондан ташкарига чиеарворади

  [off]
21.08

RESPECT MAGUAYR

  [off]
20.08

Xammaxam adashadi
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты