Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

АPL klublari transfer mavsumiga o‘zgartirish kiritish borasida yig‘ilish o‘tkazmoqchi

27.08.2019, 20:09

АPL klublari sentabr oyida transfer mavsumi davomiyligini oshirish borasidagi savollar yuzasidan majlis o‘tkazadi.

12 sentabr kuni АPL jamoalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi va mazkur yig‘ilishda bir nechta klublar masalani ko‘tarib chiqishmoqchi.

Аgar ovoz berish jarayoni o‘tkazilishi kerak bo‘lsa, bu noyabrdan oldin bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yozda Аngliyada transfer oynasi 8 avgust kuni yopildi.

2017 yilda АPLning 14 klubi ushbu o‘zgarishni qo‘llab-quvvatlagandi. «Manchester Yunayted», «Manchester Siti», «Kristal Pelas», «Uotford» va «Suonsi» jamoalari esa qarshi bo‘lgandi.

Manba: www.uff.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
27.08

Шу АПЛга хам тшунмайсанда одам
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты