Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Sanches «Inter» bilan shartnoma imzolash uchun Milanga bordi

28.08.2019, 20:24

Transfer oynasi yopilishi arafasida Milanning «Inter» klubi yana bir sensatsion transferni amalga oshirdi. Ko‘k-qoralar «Manchester Yunayted» hujumchisi Aleksis Sanchesni o‘z saflariga qo‘shib oldi.

Sanches «Inter» bilan shartnoma imzolash uchun Milanga bordi. Bu haqda Sky Sports muxbiri Fabritsio Romano o‘zining tvitterdagi sahifasida ma’lum qilgan. Jurnalist o‘zining sahifasida Sanchesning Milanda «Inter» muxlislari tomonidan kutib olingani tasvirlangan videoni joylagan.

Sanches mavsum yakuniga qadar «Inter»ga ijaraga o‘tmoqda. Kelishuvga ko‘ra, milanliklar Sanchesning 12 million funt maoshidan 5 millionini to‘lab berishadi. 30 yoshli Aleksis Yevropadagi faoliyatini aynan Italiyada boshlagan. Chililik futbolchi 2006/11 yillar davomida «Udineze» tarkibida o‘ynagan.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
29.08

INTER 2 NI OLADI ITALIYADA ENDI ANIQ BÒLDI 1 NI YUVE LUKAKU TÒPURAR BÒLADI

  [off]
29.08

Mayli, omadini bersin

  [off]
28.08

Omadini bersin bekor sotida lekin

  [off]
28.08

bekor bo‘ldida, mayliyu

  [off]
28.08

Omad alakey!!!

  [off]
28.08

Кишги трансферда 1-2 та трансфер киса кере деб ойлавоман бекорга сотмайапти эриксен 30-35 жон деб сотади тотехем

  [off]
28.08

Омад Алексис
Umumiy: 7

© 2023 Uzbek Reds
Контакты