Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«Yuve» Instagram’dagi obunachilari soni bo‘yicha «MYu»ni ortda qoldirdi

29.08.2019, 09:02

«Yuventus» klubi «Manchester Yunayted» jamoasini Instagram sahifasidagi obunachilari soni bo‘yicha ortda qoldirdi va bu borada 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi. «Yuve»dan yuqorida, faqat «Real» va «Barselona» klublari joy olgan.

Turinliklarda 2018 yilning iyun oyida 10 mln atrofida obunachilari bor edi. Bugungi kunga kelib, bu ko‘rsatgich 31,1 mlntaga yetdi. «Byankoneri»larning yangiliklarini kuzatayotganlar soni 31 mlnta obunachiga ega bo‘lgan «MYu» klubidan biroz ko‘proq.

Jamoaning muxlislari ko‘payishining asosiy sababi, forvard Krishtianu Ronaldu jamoaga kelganidadur. Portugaliyalikning shaxsiy sahifasida 181 mln obunachi bor.

Italiyaliklardan faqatgina Ispaniyaning ikki grand klubi «Real» va «Barsa» obunachilari ko‘proq.

«Qaymoqranglilar»ning yangiliklarini kuzatadigan foydalanuvchilar soni 76,6 mln bo‘lsa, «ko‘k-anorranglilar»da ushbu ko‘rsatkich 76,1 mln.

Manba: www.sports.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
29.08

Woodward ko'tni deb hammasi enasinikiga kiryapti

  [off]
29.08

Hali myu 1-chi o'ringa chiqadi myu ga omat

  [off]
29.08

Manchesterga omad

  [off]
29.08

Гапингиз тугри Админ ака!
a

  admin [off]
29.08

Tabiiy hol. Yuveda hammasi to'g'ri yo'lga qo'yilgan va klub yildan yilga o'sib bormoqda. A MYuda esa faqat nom qoldi. Yillar davomida yig'ilgan obro'ni ham to'kib, yer bilan bitta qilib yuribdi.
Umumiy: 5

© 2023 Uzbek Reds
Контакты