Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» De Xeaga La Ligadan o‘rinbosar topib qo‘ydi

09.09.2019, 12:17

«Manchester Yunayted» klubi «Atletiko» darvozaboni Yan Oblakni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, «qizil iblislar» 26 yoshli sloveniyalik posbonni kelgusi yozda sotib olishmoqchi. Mankuanliklar uni 2020 yilda yakuniga yetadigan shartnomani uzaytirishdan bosh tortayotgan David De Xeaga munosib o‘rinbosar sifatida qarashmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Oblak «Atletiko» safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida u «matraschilar» tarkibida jami 211 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z darvozasidan 140 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning tovon puli 120 mln yevroni tashkil etadi.

Manba: www.sports.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
09.09

De Xeani olb qolsh kere

  [off]
09.09

De Xeani olb qolsh kere

  [off]
09.09

Шунча пул сарфлагандан шу пулга Де Хеани узини олиб колиш керак
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты