Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» Pogbani qanday qilib olib qolgani ma’lum qilindi

09.09.2019, 13:01

Adidas kompaniyasi yozgi transferlar vaqtida «Manchester Yunayted»ga Pol Pogbani tarkibda saqlab qolishda yordam bergan.

Ushbu kompaniya nafaqat manchesterliklarning texnik homiysi, balki fransiyalik futbolchining personal homiysi hisoblanadi.

Daily Star nashri xabar berishicha, Adidas vakili ushbu havbekka «Real»ga o‘tish haqida o‘ylashni bas qilishni tavsiya qilgan, shuningdek futbolchining agenti Mino Rayola va «Manchester Yunayted» o‘rtasida vositachilik qilib, o‘zaro munosabatlarni yaxshilashga hissa qo‘shgan.

Adidas kompaniyasidagilar hisoblashicha, mankunianliklar safida Pogba asosiy yulduz hisoblanadi, «Real»da esa unga bu maqom uchun Eden Azar, Garet Beyl va Serxio Ramos raqobat qilishadi.

Pogba professional darajadagi futbolchilik faoliyatini «Manchester Yunayted»da boshlagan va 2016 yilda «Yuventus»dan inglizlar klubi safiga qaytgandi. O‘shanda transfer qiymati 105 million yevroni tashkil qilgan.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты