Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Vidich: «Aguero himoyachi bo‘lib tug‘ilgan deb o‘ylayman»

09.09.2019, 21:17

«Manchester Yunayted» klubi sobiq himoyachisi Nemanya Vidich «Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

– «Aguero maydonda o‘zini xuddi futbolga qiziqmaydigandek taassurot qoldiradi. U dastlab 10 metrcha yugurmayotganday tuyuladi, ammo shundan so‘ng birdan qo‘zg‘aladi.

Ishonchim komilki, Aguero himoyachi bo‘lib tug‘ilgan. U to‘p qayerga tushishini biladi va qayerga hujum qilish kerakligini sezadi. U yengil gavdasi yordamida jarima maydonchasi ichida osongina yo‘nalishini o‘zgartirishi mumkin. Bu esa unga ayniqsa gavdali hisoblangan ingliz himoyachilariga qarshi o‘ynashda qo‘l keladi.

Men Agueroga qarshi Devid Moyes qo‘l ostida o‘ynaganman va o‘shanda «MYu» 4:1 hisobida «Siti»ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan. Bu mening «Yunayted»dagi faoliyatimdagi eng yomon o‘yin bo‘lgan», – deydi serbiyalik sobiq futbolchi The Athletic nashriga bergan intervyusida.

Manba: www.sports.uz

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты