Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Hozirgi tarkibi uchun eng ko‘p pul sarflagan klublar reytingi tuzildi

10.09.2019, 07:11

«Manchester Siti» hozirgi tarkibini yig‘ish uchun jami 1 mlrd yevrodan ortiq mablag‘ sarflagan. Bu haqda Football Observatory hisobotida keltirilgan.

«Shaharliklar» tarkib uchun milliard yevrodan ortiq mablag‘ xarajat qilgan tarixdagi ilk klub bo‘ldi.

Hozirgi tarkibi uchun eng ko‘p pul sarflagan jamoalar o‘nligi quyidagi tartibda:

1. «Manchester Siti» – 1014 mln yevro

2. PSJ – 913 mln

3. «Real» – 902 mln

4. «Manchester Yunayted» – 751 mln

5. «Yuventus» – 719 mln

6. «Barselona» – 697 mln

7. «Liverpul» – 639 mln

8. «Chelsi» – 561 mln

9. «Atletiko» – 550 mln

10. «Arsenal» – 498 mln.

Ligalar bo‘yicha eng ko‘p xarajat qilgan va eng kam xarajat qilgan jamoalar quyidagilar: La Ligada «Real» «Malorka»dan 148 baravar ko‘proq, Fransiya chempionatida PSJ «Nim»dan 114 marta ko‘proq, Bundesligada «Bavariya» «Paderborn»dan 85 baravar ko‘proq, A Seriyada «Yuventus» «Lechche»dan 163 baravar ko‘proq, APLda «Man Siti» «Norvich»dan 32 baravar ko‘proq sarflagan.

APLda klublar hozirgi tarkiblarini shakllantirish uchun o‘rtacha 345 mln yevrodan, A Seriya va La Ligada 167 mln yevrodan, Bundesligada 124 mln yevrodan va Fransiya chempionatida 118 mln yevrodan sarflashgan.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты