Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Duglas Kosta «MYu»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga izoh berdi

10.09.2019, 07:57

«Yuventus» klubi vingeri Duglas Kosta yozgi transferlar oynasi vaqtida «Manchester Yunayted»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi.

– «Transfer oynasining so‘nggi kunlarida ba’zi klublar bilan muzokaralar olib borganim haqidagi mish-mishlarni rad etmoqchiman.

Mavsum boshidayoq sovrinlar yutish uchun «Yuventus»da qolishni xohlayotganimni tushunganman. Mening yagona agentim –Junior Mendoza. Faqat u mening nomimdan gapirish huquqiga ega», – deb yozadi Kosta o‘zining «Instagram»dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, yozgi transferlar oynasi vaqtida «Manchester Yunayted» Kostaga qiziqish bildirayotganligi haqida aytilgandi.

Kosta «Yuventus»ga 2017 yili «Bavariya»dan ijara asosida kelib qo‘shilgan. Bir mavsum o‘tgach, turinliklar uning transferini 40 million yevroga sotib olishgan. 28 yoshli yarim himoyachining «Yuventus» bilan shartnomasi 2022 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты