Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» Pogbani «Real» yarim himoyachisiga almashtirishga tayyor

11.09.2019, 20:04

«Manchester Yunayted» yarim himoyachi Pol Pogbani «Real»ga qo‘yib yuborishga tayyor, deb yozadi El Chiringuito.

Manbaning xabariga ko‘ra, «qizil iblislar» Pogbani Toni Kroosga almashtirishni istashyapti. Shu bilan birga qo‘shimcha pul ham olishmoqchi. Ayni paytda «qirollik klubi» «MYu»ning 26 yoshli o‘yinchisi bilan aloqalarni davom ettirmoqda va uni qishki transferlar oynasi vaqtida sotib olishga umid qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Real» yozda ham Pogbani sotib olishga uringandi, ammo tomonlar transfer narxi masalasida kelisha olishmagandi.

Pogba «Manchester Yunayted»ga 2016 yil yozida «Yuventus»dan 105 mln yevroga sotib olingan. Ushbu mavsumda fransuz futbolchisi 4 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta golga assistentlik qildi.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
14.09

ÒYINNI TASHKIL QILIB 1 GA 1 PAS BERIB TURIBTI KROS ORQAROQDA OYNIDIKU

  [off]
12.09

Beyl+kross zo'r

  [off]
12.09

Isko+kros+70mln zo'r bo'ladi

  [off]
12.09

150mln+Krossi so'ravotganakan

  [off]
12.09

150mln+Krossi so'ravotganakan

  [off]
12.09

Kerak emas pogbani qolgani yaxwi undan ko'ra pogba bn yangi wartnoma imzolaw kerak

  [off]
11.09

Mana bu yaxshi variant.yana 1 ta futbolchi qo'shib bersa pogba ketsa ham bo'ladi

  [off]
11.09

Isko bilan Croosni bersin qoshimcha puliyam shartmas
Umumiy: 8

© 2023 Uzbek Reds
Контакты