Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Venger «MYu»ning yosh o‘yinchilari haqida fikr bildirdi

12.09.2019, 06:10

«Arsenal» sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger «Manchester Yunyted»ning yosh o‘yinchilari haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Ehtimol, yosh futbolchilar «Manchester Yunayted» kabi jamoani olg‘a boshlash darajasida emasdirlar.

Ularning o‘yini katta savol ostida. Jamoaning salohiyati borligi sezilmoqda, ammo ular hali tayyor emaslar. Shuning uchun, men «MYu»ni chempionlikka da’vogar deb hisoblamayman.

Yosh futbolchilar Giggz, Skoulz va Bekhemning yillar davomida qilgan ishlarini takrorlay olishadimi? Shaxsan mening ishonchim komil emas», – deydi Venger.

Ma’lumot uchun, «MYu» bu mavsumda 4-turdan so‘ng 5 ochko to‘plab, turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar
a

  admin [off]
13.09

Sulsher, Login va parolingizni eslab qoling va Kirish sahifasi orqali kirvotganizda eslab qolish tugmasini bosing. Saytdan chuqib ketvotganizda Chiqish sahifasi orqali chiqmang.

  [off]
12.09

Admin aka nimaga mani hargali saytga kirganimda mendan parol so'rayapti keyin kirsam yana birdaniga ciqib ketyapman
Umumiy: 2

© 2023 Uzbek Reds
Контакты