Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

«MYu» sobiq futbolchisiga murabbiylik litsenziyasini olishda yordam beradi

12.09.2019, 13:15

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Patris Evra ingliz klubiga qaytdi. U 18 yoshgacha bo‘lgan jamoa murabbiyi Nil Rayanga yosh futbolchilar bilan ishlashda yordam beradi. «MYu» o‘z navbatida Evraga murabbiylik litsenziyasini olishga yordam beradi.

– «Men hozir nimalar his qilayotganimni tasvirlay olmayman. Murabbiylik libosini kiyish meni sayyoradagi eng baxtli odamlardan biriga aylantirdi. «Manchester Yunayted»ga murabbiylik litsenziyasini olishdagi yordami uchun rahmat aytaman», – deb yozadi Evra o‘zining «Instagram»dagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Evra shu yilning iyul oyida futbolchilik faoliyatini tugatganini e’lon qilgandi. U faoliyati davomida «Yuventus», «Nitssa», «Monako», «Marsel» va «Manchester Yunayted» jamoalarida o‘ynagan. U mankunianliklar bilan 5 marta Angliya chempionligi va 1 marta Chempionlar Ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
12.09

Zo`r bo`libdi. Omadini bersin, vaqtida zo`r himoyachi bo`lgan edi, bu aniq.

  [off]
12.09

Omadingni bersin Patris Evra

  [off]
12.09

Omadingni bersin Evra
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты