Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Aleksis: «Men va Lukaku «MYu»ga noto‘g‘ri vaqtda kelib qoldik»

13.09.2019, 11:14

Romelu Lukaku bilan birga yozgi transferlar oynasi vaqtida «Manchester Yunayted»dan «Inter»ga o‘tgan Aleksis Sanches yangi jamoadagi maqsadlari haqida gapirdi.

«Siz dunyoning hech bir joyidan Lukakudek insonni topa olmaysiz. Biz u bilan juda ko‘p mashq qildik, ammo eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etish uchun ko‘proq o‘ynashimiz kerak edi.

Biz «Manchester Yunayted»ga noto‘g‘ri vaqtda qo‘shildik. O‘zgarishlar juda ko‘p edi. Romelu va men juda yaxshi mashg‘ulot o‘tkazar edik.

«Inter»da nimagadir erishishni istayman. Shuning uchun men va Lukaku shu yerdamiz. Mavsum oxirida ko‘p narsa haqida ma’lumotga ega bo‘lib olamiz», – deydi Aleksis.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

© 2023 Uzbek Reds
Контакты