Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Brunu: «Pogba bilan buyuk g‘alabalarga erishishimiz mumkin»

01.11.2020, 18:14

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh jamoadoshi Pol Pogba bilan munosabati haqida gapirdi.

«Pol bilan munosabatlarimiz a’lo darajada. Ikkimiz ham italyan tilini yaxshi bilganimiz uchun o‘zaro asosan shu tilda gaplashamiz. Maydonda bo‘lgani kabi maydon tashqarisida ham yaxshi munosabatdamiz.

Pol – quvnoq yigit, doim hazillashishni yoqtiradi. U bilan Italiyada tanishgan edik. Manchesterga kelib menda jahon chempioni bilan yonma-yon o‘ynash imkoniyati tug‘ildi.

Pogba singari futbolchilar bilan bir jamoada to‘p surish har doim yoqimli. Chunki men undan, u esa mendan nimanidir o‘rganishi mumkin. Biz birgalikda buyuk g‘alabalarni qo‘lga kiritishimiz mumkin», – deydi Brunu.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
01.11

Қани голлар уриб бир нишолланглар ғалабани биз ҳам мазза қилиб футбол кўрайлик

  [off]
01.11

TOG'RI GAP JAMOADA birdamlik birinchi o'rinda turadi

  Golden boy [off]
01.11

Qishda traore ham qo‘shiladi va tarkib daxshat bo‘ladi

  Market_Utd [off]
01.11

Ха тугри,бунака юлдузли ярим химоя хозирги пайтда Мюда хавас килгули, вандебек Погба Бруно матич факат амалда исботлаш кере холос.
Umumiy: 4

© 2023 Uzbek Reds
Контакты