Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Pogba: «Ahmoqona xatoga yo‘l qo‘ydim. Jarima maydonchasi ichida eng yaxshi himoyachi emasman»

02.11.2020, 12:20

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Pol Pogba APLning 7-turidan o‘rin olgan «Arsenal»ga (0:1) qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.

Fransiyalik futbolchi bellashuvda o‘z jamoasi zarariga penalti ishladi. Undan «to‘pchilar» hujumchisi Per-Emerik Obameyang unumli foydalandi.

«Yomon o‘ynaganimizni bilamiz. Bunday qilmasligim kerak edi. To‘pga o‘ynayman, deb o‘yladim, lekin adashdim. Ushbu harakatim golga olib keldi.

Men va jamoam bundan yaxshiroq o‘ynashimiz kerak. Ehtimol, biroz charchagan edim va shuning uchun bunday ahmoqona xatoga yo‘l qo‘ydim. Kuchliroq bo‘laman. Jarima maydonchasi ichida eng yaxshi himoyachi emasman. Shu jihat bo‘yicha ishlashim zarur.
Shuningdek, to‘p bilan yaxshiroq ishlashimiz va ko‘proq vaziyatlar yaratishimiz kerak», – deydi Pogba.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar

  [off]
03.11

Mour birinchi opkeganda zòr uynardi korpis bilan hechkimga tòp bermasdi

  [off]
02.11

Myuga hujumkor 3embi kerak yani hujum cizigini yaqshilashimiz kerak!!!!

  [off]
02.11

Ha pogbada ayip yok emas lekin shuni hisopga olmasak yakshi uyin kursatdi

  [off]
02.11

Ошку керакмас буни кетиши узи битта катта байрамку

  [off]
02.11

Мю сулиширди кутига тепиб хайдаса келоврасилар дачага адирс ташеман бита кул бола Анжонча ош мендан

  [off]
02.11

Мю сулиширди кутига тепиб хайдаса келоврасилар дачага адирс ташеман бита кул бооа Анжонча ош мендан

  [off]
02.11

noltoni san

  [off]
02.11

Мю сулшерни кутига тепиб хайдади деган янгиликлар йукми мабодо?

  [off]
02.11

Charchagan bo‘lsang futbol oynama. O‘rningni boshqaga bo‘shatib ahmoq
Umumiy: 9

© 2023 Uzbek Reds
Контакты