Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Manba: Giggz hibsga olindi

03.11.2020, 10:21

«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi, hozirda Uels milliy jamoasini boshqarayotgan Rayan Giggz sevgilisiga hujum qilganlikda ayblanib hibsga olindi, deb xabar bermoqda The Telegraph.

Nashrning yozishicha, hujum bo‘yicha Giggzning ma’shuqasi Keyt Grevillning o‘zi politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan. Bu Giggz boshidan kechirgan birinchi shaxsiy mojaro emas. U 2018 yilda rafiqasiga xiyonat qilib, akasining xotini va boshqa ayollar bilan yurgani ma’lum bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, uelslik sobiq futbolchi 1990 yildan 2014 yilgacha «MYu»da o‘ynagan va klub bilan 13 bor APL chempionligini, 2 marta YeChL g‘olibligini qo‘lga kiritgan.

Manba: www.tribuna.uz

Oxirgi fikrlar

  [off]
03.11

Вай Гиггз сани футболда Зур десам хаётда нол екансану

  Nodirjon [off]
03.11

Giggsga bolgan hurmatim 0000000 boldi bu gaplardan keyin

  [off]
03.11

erkakni jalapimisan deyman
Umumiy: 3

© 2023 Uzbek Reds
Контакты