Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Maguayr Kinning tanqidiga javob qaytardi

04.11.2020, 10:28

«Manchester Yunayted» himoyachisi Harri Maguayr jamoaning sobiq sardori Roy Kinning tanqidiga javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, irlandiyalik mutaxassis «Arsenal»dan (0:1) uchralgan mag‘lubiyatdan keyin hozirgi «MYu»da yetakchilar yo‘qligini aytgandi.

«Royning gaplarini o‘qimadim. Ammo nima bo‘lganiga qaramay, yomon natijalardan keyin ham oldinga intilishga harakat qilamiz. Salbiy muhit yaratishni xohlamaymiz. Ijobiylikni saqlaymiz.

Ishonch bilan ayta olamanki, jamoamizda ko‘plab yetakchilar bor. Men sardorman, bizda yetakchilar, murabbiylar va xodimlar bor», – deydi Maguayr.

Ma’lumot uchun, «MYu» APLda 7-turdan so‘ng 7 ochko bilan 15-pog‘onani egallab turibdi.

Manba: www.tribuna.uz

[Изображение удалено]

Oxirgi fikrlar
S

  Shahzod [off]
04.11

Bu gaplaringni natijada xam kursat bugun turkeyadan g`alaba bilan qaytinglar
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты