Assalomu alaykum, Mehmon!
Yangiliklar tasmasi

Bugun "Manchester Yunayted" darvozaboni "Chempionlar ligasida" debyut uchrashuvini o'tkazadi

04.11.2020, 22:43

"Manchester Yunayted"ning ECHL guruh bosqichi doirasidagi "Istanbul"ga qarshi o'yin uchun asosiy tarkibi malum bo'ldi.

Bugun "qizil iblislar" darvozasini Din Xenderson qo'riqlaydi, David De Xea zahirada qoldirilgan. Mazkur o'yin 23 yoshli golkiper uchun CHempionlar Ligasidagi birinchisi bo'ladi. U bunga qadar "Brayton" (3:0) va "Luton" (3:0) jamoasiga qarshi o'yinlarda "Yunayted" sharafini himoya qilgan va darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan edi.

Xenderson o'tgan mavsumni ijara asosida "SHeffild Yunayted"da o'tkazgandi (APLning 36 o'yinida 30 ta gol o'tkazib yuborgan).

Malumot uchun, "Istanbul" – "Manchester Yunayted" uchrashuvi 22:55 da start oladi.

Manba: championat.asia

Oxirgi fikrlar

  [off]
05.11

Henderson ham hali yosh ekan hayajonlanib gol o‘tqazib yubordi
Umumiy: 1

© 2023 Uzbek Reds
Контакты