«Manchester Yunayted» futbolchilari orasida nizo kelib chiqdi
14.08.2019, 07:50
«Manchester Yunayted» hujumchisi Aleksis Sanches jamoadoshi Meyson Grinvud bilan tortishib qoldi, deya xabar beradi The Sun.
Manbaga ko‘ra, klubning mashg‘ulotlari vaqtida Grinvud Sanchesga nisbatan ancha keskin o‘ynagan va jaraohat yetkazishiga oz qolgan. Ushbu holatdan keyin ikkala futbolchi o‘rtasida nizo kelib chiqqan va Sanches Grinvudga qo‘l ko‘tarmoqchi bo‘lgan.
30 yoshli chililik forvard yaqindagina lazaretdan chiqdi. U Kopa Amerika-2019’dagi Argentinaga qarshi o‘yinda (2:1) oyog‘ining son qismidan jarohat olgandi.
Manba: www.championat.asia